o'zbek русский english

AКT Ko'ngillilar

Biz haqimizda

BMRTD "AKT Siyosati" Loyihasida 2005 yil may oyidan boshlab mamlakatimiz AKT sohasini rivojlantirish yo`lida ko’ngillilar harakati ish boshladi. Bu harakatning maqsadi har xil muassasa va tashkilotlar, bilim yurtlariga AKT sohasida xizmat ko’rsatishdir. Bu xizmatda ko’ngillilar o’z yordamlarini beradi. Ko’ngillilar o’z hohishlari bilan yordam beradilar, ular qilgan ishga hech qanday haq to’lanmaydi. Ko’ngillilar tizimli taminotda ish yurita oluvchi, dasturlashning turli tillarida dastur tuza oluvchi, Internetda kerakli ma’lumotlarni to’plovchi va AKTning boshqa sohalarida ish yurita oluvchi iqtidorli yoshlardir.

Asosiy maqsadlar

O’zbekistondagi ko’ngillilarning AKTni rivojlantirish sohasidagi asosiy maqsadlari:

1.Ko’ngillilar yordamida AKT sohasida tajribasi kam bo’lgan va umuman bo’lmagan tashkilot va muassasalarga yordam berish;

2.Yoshlarga ko’ngillilar faoliyatida qatnashish imkoniyatini berish;

3.Mahalliy ko’ngillilar xizmatini rivojlantirishda yordam ko’rsatish.

Asosiy vazifalar

  • AKTni tashkilotlarda rivojlantirish uchun yagona ish mexanizmini yaratish;
  • Yoshlarga ko’ngillilar xizmatida ishtirok etishda imkoniyat yaratish;
  • Mahalliy tashkilotlarga ko’ngillilar xizmatidan foydalanishga yordam ko’rsatish;
  • Boshqa yoshlarni jalb qilish maqsadida ko’ngillilarni yangi imidjini yaratish;
  • AKT sohasida jinsiy nomutanosiblikni yo’qotish borasida ayol–ko’ngillilarni va ayol–ustozlarni jalb qilish.

Bo'lajak ko'ngillilar va yo'llovchilarga

Agar bizning ish faoliyatimiz haqida qiziqib qolgan bo’lsangiz (sizga ko’ngillilar xizmati zarur bo’lsa):

Yo’llovchilardan ushbu anketani to’ldirishingizni iltimos qilamiz.

Tashkilotlar uchun: (Yo’llovchilar so’rovnomalari) to’ldirilgan holda quyidagi e-manzil orqali jo’natishingizni

so’raymiz: bokhodir.ayupov [at] ictp [dot] uz.

Ko’ngillilar uchun: Agarda siz BMRTD "AKT Siyosati" Loyihasining kongillisi bo’lmoqchi bo’lsangiz unda siz ushbu anketani to'ldirishingiz va keyinchalik suhbatdan va AKT sohasida bilimlaringiz bo’yicha test sinovidan o’tishingiz kerak. Yoki o’z rezyumeingizni yuqorida ko’rsatilgan e-manzil orqali yuboring. Hamma hujjatlar to’ldirib bo’lingandan keyin AKT xizmatlari bo’yicha shartnoma tuzamiz.