o'zbek русский english

O`zbekiston taraqqiyoti uchun erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foydalanish tadqiqot nashri

2006 yil 20 martda BMTTDning “O’zbekiston Hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologilayari siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko’mak” (AKT Siyosati) loyihasi tomonidan «O’zbekiston taraqqiyoti uchun erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotdan (EOKDT) foydalanish» mavzusida tadqiqot hujjati nashr qilindi.

O’zbekistonda EOKDT harakatiga bag’ishlangan birinchi hujjat bo’lmish ushbu tadqiqotning maqsadi, mamlakat hukumati e`tiborini EOKDT harakati tomonidan taklif qilinayotgan texnologik yechimlarga qaratishga, EOKDT harakati afzalliklarini va u bilan bog’liq xavf ehtimolini tushuntirishga, bu sohadagi pilot tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning shartlarini aniqlashqa intilishdir.

Mualliflik huquqini himoya qilishning Bern konventsiyasiga qo’shilishi munosabati bilan eng yaqin vaqt ichida mamlakat oldida dasturiy ta’minotga egalik huquqini mustahkam himoya qilish, va natijada yopiq tijorat dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun yuqori litsenzion haq to’lash vazifasi turadi. Shunday qilib, EOKDT tijorat dasturiy ta’minotdan foydalanish tomonidan yechilib bo’lmaydigan asl muammolar yechimini taklif qilishi mumkin va oqibatda davlatning AKT harajatlarini muhim darajada tejashga olib kelishi mumkin.

Tadqiqot, EOKDT texnologiyasining eng muhim tomonlarini, bu yonalishdagi xalqaro tajribani va eng muvaffaqiyatli tashabbuslarni o’rganishi, hozirda, O’zbekistonning davlat muassasalarida ayniqsa ommaviy va ko’p ishlatiladigan dasturiy ta`minot haqidagi statistik axborotni, erkin tijorat dasturiy ta`minotini va EOKDTni ishlatilishini tegishli tahlilini o’tkazilishini, qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbollarni hisobga olgan holda, O’zbekistonda EOKDTni tatbiq qilish harakatlarini namunaviy rejasini va tavsiyalarni tayorlashni o’z ichiga olgan. Ushbu tadqiqot O`zbekistonga, EOKDTni tatbiq qilishga ko’mak beradigan huquqiy, siyosiy, texnik me`yorlarni va standartlarni ishlab chiqishdagi konkret qadamlarni aniqlashda yordam berish, shu bilan birga, iqtisodiyotni o’zaro bog’langan sektorlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni oldindan aytib berishi mumkin.

Bu tadqiqot natijasida O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan EOKDT roliga bo’lgan e`tiborni oshishi va bu sohada pilot tashabbuslarni amalga oshirish bo`yicha harakatlar Rejasini tayorlanishi kutilmoqda. Ayniqsa siyosatchilarga va boshqaruvchilarga mo’ljallangan bu tadqiqotda afzalliklarni, muammolarni va ishlatilayotgan texnologiyalarni umumiy sharhi taqdim qilingan. Ammo muhokama qilinayotgan masalalar sohasi va unga kiritilgan materiallar hajmi o’quvchilarni keng doirasida qiziqish uyg’otishi mumkin.

Ushbu tadqiqot o’zbek hamda rus tillarida nashr qilingan, va on-layn talqini «AKT siyosati» loyihasining veb saytida quyidagi manzil bo’yicha olish mumkin:

Rus tilidagi talqini: ko'chirib olish

Uzbek tilidagi talqini: ko'chirib olish