AKT bo`yicha ettinchi Miiliy Sammit
22 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Biznes Markazida Axborot-Kommunikatsiya Texnologiyalari (AKT) bo'yicha Ettinchi Milliy Sammit – AKT Sammit 2009 bo'lib o'tadi. Mazkur Sammit AKT Xaftaligi - InfoCom 2009 doirasida o'tkazilayetgan eng yorqin voqealaridan biridir. Shuni ta'kidlash lozimki, AKT Xaftaligi - InfoCom 2009 O'zbekistonda har yili kuz faslida o'tkazilib kelinadi, hamda respublikamizdagi AKT sohasida o'tkaziladigan eng yirik tadbirlardan biri hisoblanadi.
AKT Sammit yil sayin AKT-mutaxassislarning e'tiborini o'ziga tobora ko'proq jalb etmokda va hozirgi kunda mazkur tadbir milliy AT-mutaxassislarda ham, yaqin va olis xorij mamlakatlaridagi xalqaro ekspertlarda ham katta qiziqish uyg'otmoqda. AKT bo'yicha milliy Sammitda har yili qariyb 400 delegat ishtirok etadi. Bular – AKT bozorining yetakchi ekspertlari, davlat organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlarning vakillari, maxalliy va xorijiy AT-kompaniyalarning rahbarlari va mutaxassislaridir. Ishtirokchilarning fikricha, AKT Sammit mutaxassislar AKT bozorining ahvolini tahlil qiladigan, bu sohadagi yangi yutuqlar bilan tanishadigan, yangi barqaror va ishonchli sheriklarni topadigan o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.
Bu yil AKT Sammit o'zining etti yilligini nishonlayapti va yangi tendensiyalarni, yutuqlarni, shuningdek turmushning xilma-xil sohalariga AKTni joriy etishdan ko'riladigan manfaatlarni namoyish etish, istiqbollarni muhokama qilish uchun hamda AKTni rivojlantirish, xamkorlikni kengaytirish va AKTning salohiyatini barcha jabxalarda amalga oshirish va AKT shu'basining o'zini jadal rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan vazifalarning yechimlarini birgalikda topish masalalari borasidagi professional nuqtai nazar bilan tanishish uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda.
AKT Sammit 2009 tashkilotchilari: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O'zbekistonda BMT Taraqqiyot Dasturi doirasida ish olib borayotgan “O'zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O'zbekiston Respublikasi G'ukumatiga ko'mak” loyihasi (ICTP) hamda O'zbekiston Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasidir.
Muhokama natijalari asosida O'zbekistonda AKTni yanada rivojlantirish bo'yicha Sammit Rezolyutsiyasi qabul qilinadi. Sammit bo'yicha barcha materiallarni http://summit.ictp.uz manzili orqali Internet tarmog'idan olish mumkin.



