Respublika bo`ylab “Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish” regional treninglari davom etmoqda

Samarqand, Navoi, Buhoro shaharlari, 2010 yil 28 iun` - 3 iuyl`. Joriy yilning 28 iun` - 3 iuyl` kunlari Respublikamizning Samarqand, Navoi, Buhoro shaharlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida “Davlatni boshqarishda AKTdan foydalanish” nomi ostida xududiy treninglar o'tkazildi. Unda respublikadagi turli davlat muassasalari, idoralar, agentliklar, mahalliy xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan jami150 nafar vakil ishtirok etdi.
Treninglar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekiston H'ukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko'mak” loyihasi (ICTP) tomonidan tashkillishtirilgan.
Trening tashkilotchilaridan biri Bahodir Ayupovning aytishicha, hozirgi kunda mamlakatda ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida davlat boshqaruvi tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Bu ish o'z navbatida hisobotlar va qog'ozli hujjatlar aylanishini qisqartirishda yordam berayapti. Ushbu treningdan ko'zlangan maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlatni boshqarishda va jamiyatda foydalanishning turli yo'nalishlari hamda jahondagi tendensiyalari yuzasidan davlat xizmatchilarining bilimlarini kengaytirish, O'zbekistonda elektron hukumatni barpo etishga qaratilgan real loyihalar doirasida ularda amaliy ko'nikmalar hosil qilish va albatta tajriba almashishdan iboratdir.
Mashg'ulotlar davomida O'zbekistonda AKT rivojlanishi jarayonlari, davlatni boshqarishda axborot tizimlaridan foydalanishning turli jihatlari, mazkur sohadagi qonunchilik bazasi, Internetdan foydalanish imkoniyatlari, jahonda elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha to'plangan tajriba, bizning respublikamizda uni joriy etish masalalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, trening elektron-raqamli imzoni va elektron hujjatlar aylanishini namoyish etish sessiyasini, shuningdek axborot texnologiyalari asoslari bo'yicha guruhlar bilan o'tkaziladigan amaliy sessiyalarni o'z ichiga olgan.
Shuni ta'kidlash zarurki, BMT Akademiyasining “Davlat boshqaruvi yetakchilari uchun AKT” materiallari asosida ishlab chiqilgan “Elektron hukumatni ishlab chiqish va joriy etish borasidagi jahon tajribasi”, “O'zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirish maqomi”, “O'zbekiston Respublikasida AKT sohasidagi asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar”, “Axborot resurslari, axborot tizimlari va interaktiv xizmatlar bilan bog'liq asosiy tushunchalar”, shuningdek “AKT rivojlanishini moliyalashning turli usullari” kabi dolzarb mavzular treninglar dasturining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etdi.
- Men bu kabi treningda ilk bora ishtirok etyabman, - dedi Navoida o`tkazilgan trening ishtirokchilaridan biri Malikahon Holova. – Men ilgari “Elektron Hukumat” haqida bir-oz tushunchaga ega bo`lganman, lekin uning davlat miqiyousida qanday ishlatilishi haqida ma`lumotga ega emas edim. Endi esa, o`tkazilgan treninglar, horijiy tajribalar misolida, analitik munozaralar asosida elektron Hukumatni tadbiq etish bir inson yohud biror-bir tashkilot emas, balki mamlakatimizdagi barcha Davlat tashkilotlari bilan bogliq ekanligidan habardor bo`ldim.
O'zbekistonda elektron hukumat komponentlarini joriy etish borasida amaliy tajribaga ega bo'lgan yetakchi tarmoq ekspertlari o'quv jarayoniga jalb etildi. Tadbir yakunida uning ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.



