Talabalar o'rtasida veb-ishlanmalar bo'yicha tanlov g'oliblari aniqlandi

Toshkent shahri, 2010 yil 1 iyun. Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida oliy va o'rta o'quv muassasalarining talabalari o'rtasida veb-ishlanmalar bo'yicha tanlov g'oliblarini mukofotlash marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir may oyi davomida Toshkent shahrida o'tkazilgan edi.
Tanlovni BMT Taraqqiyet Dasturining “O'zbekiston H'ukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko'mak” (ICTP) loyihasining AKT-volontyorlar xizmati tashkil qildi.
ICTP Loyihasining AKT-volontyori Xurshida Komilovaning aytishicha, mazkur loyihaning maqsadi O'zbekiston yoshlarining veb-texnologiyalarga va umuman axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga (AKT) qiziqishini kuchaytirish, AKT sohasida chuqur ko'nikmalarga ega yoshlarni aniqlashdan iborat edi.
Tanlov o'tkazilishi aprel oyining oxirida e'lon qilingandi. Tanlovga ishtirokchilarni jalb etish uchun ICTP Loyihasining volontyorlari poytaxtdagi oliy va o'rta o'quv muassasalarida prezentatsiyalar o'tkazdilar. Shuni ta'kidlash zarurki, bunda individual ishlar bilan birga jamoaviy ishlar ham qabul qilindi.
- Tanlovning barcha ishtirokchilariga biz bir xilda texnik topshiriq berdik. Unga ko'ra notijorat tashkiloti, xususan 49-o'rta maktab uchun veb-sayt yaratish kerak edi, - dedi biz bilan suhbatda ICTP loyihasining AKT-volontyori Kumushoy Abudarimova. – Tanlov shartlariga ko'ra, veb-sayt ishlab chiqish uchun 2 hafta ajratildi. Shu muddat tugaganidan keyin biz umumiy uchrashuv o'tkazdik, unda tanlov ishtirokchilari barchaga o'z ishlarini namoyish qildilar. H'ay'at a'zolari esa, ular orasidan eng yaxshilarini tanlab oldi.
Shunday qilib, oliy va o'rta o'quv muassasalarining talabalari orasida veb-ishlanmalar bo'yicha tanlovda quyidagi talabalar g'olib chiqdilar:
1-o'rin: Dina Pernabekova (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti), Aleksandr Li (Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti), Denis Shlyapnikov (Toshkent radiotexnika kolleji) - jamoaviy ish.
2-o'rin: Aleksey Nabok (X.Z.Kalonov nomidagi Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji).
Andrey Kotenyatkin rag'batlantiruvchi sovrin bilan mukofotlandi. U ham X.Z.Kalonov nomidagi Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejining talabasidir.
Tanlov uchun ishni biz 3 kishilik jamoa bo'lib ishlab chiqdik, - dedi biz bilan suhbatda Dina Pernabekova. – Bu, bizning birinchi guruhli ishimiz emas. Ilgari biz o'zimiz, do'stlarimiz uchun saytlar yaratganmiz. Lekin, maktab saytini biz birinchi marotaba ishlab chiqdik va o'ylaymizki, u foydalanish uchun qulay bo'ladi. Bunday tanlovlar biz, yosh mutaxassislarga o'zligimizni topishda, o'z bilimlarimizni namoyish qilishda yordam beradi.
Shuni ta'kidlash lozimki, ICTP loyihasining AKT-volontyorlari xizmati AT sohasini yaxshi o'zlashtirgan tashabbuskorlarning bilimlarini safarbar etayapti va keyin ham beg'araz texnik yordam berishda davom etib, AKT sohasidagi bilimlar hamda ko'nikmalarni yaxshilash, AKTdan yanada samaraliroq foydalanish orqali ko'riladigan manfaatlarni to'liq yuzaga chiqarish maqsadida notijorat tashkilotlari, hukumat, akademik muassasalar uchun o'qishlar tashkil etmoqda.
***
BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekiston H'ukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko'ma” loyihasi (ICTP) O'zbekistonda AKTni keng yoyish va rivojlantirish hamda belgilangan rivojlanish maqsadlariga erishish uchun AKTdan foydalanishda Respublika G'ukumatiga yordam berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.



