“BestSoft Uzbekistan 2010” ko'rgazmasida doirsidagi dasturiy mahsulotlar tanlovi g'oliblari

«BestSoft – Uzbekistan 2010» dasturiy mahsulotlar yillik milliy ko'rgazmasi doirasida “Yilning eng yaxshi dasturiy mahsuloti”, “2009 yilda joriy etilgan eng yaxshi loyiha”, “Axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi kompaniya”, “Eng yaxshi innovatsion kompaniya”, “Talabalarning eng yaxshi ishi” nominatsiyalari bo'yicha o'tkazilgan tanlov g'oliblari aniqlandi.
Mazkur tanlov O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O'zbekiston Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekiston G'ukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko'mak” (ICTP) loyihasi tomonidan takshillashtirildi.
Tanlov Respublikamizda softver sanoati soxasida faoliyat yuritayotgan eng yaxshi kompaniyalarni aniqlash maqsadida o'tkazildi. Bir oy davomida tanlov tashkilotchitalari nomiga 40ga yaqin softver soxasidagi yetkachi ishlanmalar taqdim etildi.
Shunday qilib, bu yili “Yilning eng yaxshi dasturiy mahsuloti” nominatsiyasida “NORMA HAMKOR” kompaniyasining “Moy gorod” qidiruv-axborot tizimi g'olib deb topildi. “2009 yilda joriy etilgan eng yaxshi loyiha” nominatsiyalarida “Davlat organlarida elektron xujjat almashinuv tadbiq etish” loyixasi bilan “UNICON.UZ” kompaniyasi, xamda “Fido-Biznes” kompaniyasi g'olib dep topildi.
“Axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi o'quv kompaniyasi” nominatsiyasida "Softline International” kompaniyasi g'olib deb topildi. “Eng yaxshi innovatsion kompaniya” tanlov g'olibi deb «Intelligent Solution» xamda «NewMax Technology» kompaniyalarining loyixalari topildi.
“Talabalarning eng yaxshi ishi” nominatsiyasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4- kurs Alisher Ashurovning “Adobe Dreamweaver SS4” ishlanmami g'olib deb topildi.



