o'zbek русский english

Barcha davlat xizmatlari bir oynada

07.04.2010
small_200x150.jpg

Poytaxtimizning Sergeli tumanida O‘zbekistonda birinchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona oyna markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz Sergeli tumani hokimligi huzurida faoliyat ko‘rsatadi.

Markazning ochilish marosimida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori H.Muhiddinov mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasida tub o‘zgarishlar, axborot jamiyatini shakllantirish, barcha sohalarni kompyuterlashtirish va eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliy faoliyatga samarali joriy etishga doir salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Aholiga interfaol shaklda turli xizmatlar ko‘rsatadigan yangi tuzilmaning tashkil etilgani bunga misol bo‘la oladi.

Ushbu tajriba loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustda qabul qilingan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va mamlakatimiz hukumati hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O`zbekistondagi vakolathonasi tomonidan tasdiqlangan 2010-2015 yillarda mamlakatga doir dasturni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Yagona oyna markazi davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yangicha yondashuv bo‘lib, shu orqali rasmiyatchilik jarayonlarini kamaytirishga ko‘maklashadi. Mazkur yangilikning mohiyati shundan iboratki, aholiga ko‘rsatiladigan ko‘plab davlat va jamoat xizmatlari bir joyda jamlanadi, fuqarolar esa shu yerning o‘zida qimmatli vaqtini yo‘qotmasdan ma’lumotnoma, litsenziya, akkreditatsiya va boshqa xizmatlardan bahramand bo‘lishi mumkin. Bu yerda tuman gaz, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi bo‘limlari, energiya ta’minoti, sog‘liqni saqlash kabi xizmatlar mutaxassislari, tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatga olish bo‘yicha hokimlik bo‘limi va uning boshqa bo‘linmalari xodimlari faoliyat olib boradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu ishlarga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ham jalb qilingan. Markaz mutaxassislari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, fuqarolar, jumladan imkoniyati cheklangan kishilar bilan amaliy muloqot o‘tkazish, ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha trening-kurslar tashkil etildi.

Markazning jihozlanishi to‘g‘risida alohida to‘xtalish lozim. Bu yerda hozircha fuqarolar bilan ishlash uchun oltita oyna mavjud, keyinchalik ularning soni ko‘paytiriladi. Xodimlar uchun to‘liq dasturiy ta’minotga ega eng yangi kompyuterlar, mijozlar uchun esa sensorli axborot kioskalari, katta elektron axborot tablo o‘rnatilgan. Kompyuterdan mustaqil foydalanishni biladiganlar uchun kompyuterlar qo‘yilgan alohida stollar joylashtirilgan, imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham qulayliklar ko‘zda tutilgan. Devorlarga bu yerga tashrif buyuradiganlar uchun foydali turli ma’lumotlar osilgan.

Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi natijasida markaz fuqarolarning talablarini qabul qilib olishi, turli davlat organlari bilan mustaqil hamkorlik qilishi, so‘ngra fuqarolarga tayyor hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Markaz binosida davlat bojlarini to‘lash, turli pullik davlat xizmatlarini amalga oshirish uchun bank bo‘limi ochilgan. Endi tumandagi har bir fuqaro ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtini behuda yo‘qotmasdan ishga joylashishi, tadbirkorlik faoliyati, soliq bo‘yicha masalalarni hal etishi, davlat ko‘chmas mulk kadastri, kommunal, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan ma’lumotlar olishi mumkin. Bu yerda yana o‘nlab xizmat turlarini ko‘rsatish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning aksariyati interfaol shaklda amalga oshiriladi. Buning uchun yigirmadan ortiq davlat muassasasi jalb qilingan.

Yagona Oyna Markazini yaratishda O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Toshkent shahar Sergeli tumani G'okimiyati, shuningdek BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekiston G'ukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko'mak” (ICTP) loyihasi ishtirok etdi.

2009 yil iyun oyida O'zaro hamfikrlik va Sergeli tumanida Yagona Oyna Markazini tashkil etish to'g'risida memorandum imzolangan edi. Shu hujjat asosida Sergeli tumani G'okimiyati mazkur tashabbus uchun benefitsiar va pilot maydoni vazifasini o'z zimmasiga oldi, loyiha komandasi bilan ishlash uchun mas'ul xodimlarni tayinladi. O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi ishni tashkil etishda, tegishli maslahatlar berishda yetakchilik qilishga bel bog'ladi. BMT Taraqqiyot Dasturi “O'zbekiston G'ukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko'mak” (ICTP) loyihasi orqali elektron boshqaruv sohasidagi novatorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan Demokratik boshqaruv maqsadli fondining (DGTTF) resurslari yordamida loyihani qo'llab-quvvatlab, uni amalga oshirishda to'liq texnik yordam berdi.

Yagona Oyna Markazida tuman gaz ta'minoti, tuman ijtimoiy ta'minot bo'limi, tuman xalq ta'limi bo'limi, tuman elektr-energiyasini taqsimlash tashkiloti, tuman sog'liqni saqlash bo'limi kabi regional tuman xizmatlarining universal mutaxassislari, G'okimiyat tadbirkorlik faoliyatini ro'yxatga olish bo'limining vakillari ishlaydilar, shuningdek Markaz ishiga kollejlar bitiruvchilari jalb etiladi. Shuni ta'kidlash zarurki, Markazning bo'lajak mutaxassislari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmalarini mustahkamlash, amaliy muloqot, fuqarolarga xizmat ko'rsatish, xodimlarni genderli sensitizatsiyalash, shuningdek nogiron kishilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha bir qancha trening-kurslar tashkil etildi.

Loyihaning muvaffaqiyati uni mamlakat miqyosida kengaytirish mumkinligidan dalolat beradi.