Loyiha haqida
ICTP Loyihasi ikki o‘ziga xos va o‘zaro bog‘liq maqsadlarni oldiga qo‘ygan. Bu O‘zbekistonda Axborot-Kommunikatsiya Texnologiyalar (AKT) rivojlanishini targ‘ib etish, hamda Hukumatga taraqqiyotning maxsus maqsadlariga erishishda AKTdan foydalanish borasida ko‘mak ko‘rsatishdan iboratdir.
ICTP bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Hukumati o‘rtasidagi Qo’shma Loyihasi hisoblanadi. Hukumat tomonidan Loyihani O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi orqali kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash taqdim etadi.
O‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ICTP qator vazifalarni amalga oshiradi va ularni quyidagi besh yo‘nalishda taqsimlaydi:
- Strategik konsultatsiyalar
- Ilk loyihalarni tatbiq etish
- Salohiyatni oshirish
- Umumiy xabardorlikni oshirish
- Davlat va xususiy hamkorlikni yanada kuchaytirish
Strategik konsultatsiyalar
Strategik konsultatsiyalar ICTP Loyihasining AKT taraqqiyoti masalalaridagi o‘zining qarashini bildiradi. Shu bilan birga, elektron hukumat, elektron ta’lim, elektron tijorat, umuman AKTdan foydalanishning muqobil yo‘llarini ishlab chiqish, axborot manbalarini yaratish, hamda boshqa muhim masalalarning huquqiy asosini yaratishda va ularni, amaliyotda qo‘llashda ko‘mak beradi.
ICTP o‘zining strategik konsultatsiyalarini mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda olib boriluvchi tadqiqotlar va izlanishlar asosida yaratadi. Asosiy e’tibor O‘zbekistonda AKT rivojlanishi, axborot texnologiyalari(AT)da mualliflik huquqi, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot, autsorsing yo‘nalishlariga qaratiladi. Loyiha o‘zining tavsiyalarini texnik ko'mak dasturlarning ehtiyoj xususiyatlarini ko‘rib chiqqan holda taqdim etadi.
Tajribaviy tashabbuslarni tatbiq etish
Tajribaviy tashabbuslarni tatbiq etish – AKT imkoniyatlarini namoyish etish, hamda ularni kelajakda keng miqyosda tatbiq etish xaritasini ishlab chiqish uchun eng ishonchli usuldir. Yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishda ICTP hamkorlarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zining elektron hukumat bo‘yicha loyihasi, .uz domen hududini yaxshilash, elektron raqamli imzolarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi markazlar yaratish va rivojlantirish, teletibbiyot bo‘yicha loyihalar orqali ICTP davlat mahkamalari, ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari va keng jamoatchilikka rivojlanish maqsadlariga erishishda AKT imkoniyatlaridan foydalanishda ko‘mak beradi.
Salohiyatni oshirish
O‘zbekistonda AKTdan taraqqiyot yo‘lida foydalanish ma’lum ma’noda yangilik hisoblanadi. Shu sababli bu sohada salohiyatni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘mak berishda ICTP salohiyat oshirishni umuman olganda, shu jumladan inson resurslari, tashkiliy va institutsional jihatlarni rivojlantirishga urg‘u beradi.
ICTP salohiyatni qator AKT bo‘yicha trening, seminar, davra suhbatlari va konsultatsiyalar, ta’lim materiallarini ishlab chiqish, AKT taraqqiyoti jarayoni hamda huquqiy asoslari bo‘yicha yo‘riqnomalar yaratish orqali oshiradi. Bu borada misol qilib, yaqinda amalga oshirilgan ishlar sirasiga axborot texnologiyalari sohasida mualliflik huquqini himoyalash bo‘yicha ilk anjuman, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida ta’lim sifatini oshirish, BMTDning boshqa qo‘shma loyihalarida AT treninglar o‘tkazish va ushbu dasturlarda AKT komponentini kuchaytirish bo‘yicha konsultatsiyalar taqdimotini keltirish mumkin.
Maxsus AT Ko’ngillilar Xizmati orqali ICTP Loyihasi salohiyatning oshishiga alohida hissa qo‘shadi. Ushbu Xizmat AKT sohasiga qiziquvchi yoshlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular o‘z faoliyati davomida davlat va notijoriy tashkilotlar, ta’lim muassasalariga AKT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun maxsus treninglar va bepul texnik sozlov xizmatlarini ko‘rsatadi.
Umimiy xabardorlikni oshirish
Axborot almashinuvining mavjud qulay yo‘llaridan foydalanish va ochiq dialogni targ‘ib etish - manfaatdor tomonlar qabul qiluvchi qarorlarni hurmat qilish demakdir. Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda AKT imkoniyatlarining beqiyos ekanidan xabardor bo‘lish AKT rivojlanishining ustuvorligini oshiradi va AKTdan foydalanish sohalarining kengayishini ta’minlaydi.
ICTP aholining AKT bo‘yicha umumiy bilimini mahalliy va milliy darajadagi muqobil axborotni yaratish va keng miqyosda tarqatish orqali oshiradi. ICTP Internetdagi milliy manbalardan foydalanishni targ‘ib qiladi va milliy hamkorlarga ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishdagi ma’lumot tayyorlashda yordam beradi. Bundan tashqari, ICTP aholini AKT sohasiga maxsus teletanlovlar, “Taraqqiyot sari” deb nomlangan AKTga bag‘ishlangan ko‘rsatuv orqali qiziqtiradi.Loyiha AKT sohasidagi yangiliklar va hodisalar o‘z vaqtida va mukammal yaratilishi uchun mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Davlat va xususiy hamkorlikni kuchaytirish
Taraqqiyotga erishish uchun tashkilotlar o‘rtasida biryo`qlama va ko‘p tomonli hamkorlik bo‘lishi lozim. Hamkorlik har bir tashkilotning salohiyatini kengaytiradi, manbalardan foydalanish imkonini beradi va qo‘shma faoliyat uchun sharoit yaratadi.
ICTP AKT masalalari bo‘yicha ochiq muzokara olib borish hamda hukumat, xususiy sho’ba va xalqaro jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va buning uchun zamin yaratadi. AKT bo‘yicha Milliy Sammit, doimiy uchrashuvlar, seminar va konferensiyalar o‘zaro muomalani yengillashtiradi va hamkorlikni chuqurlashtiradi.
ICTP Loyihasi davlat va xususiy hamkorlikni O‘zbekiston AT kompaniyalari va tashkilotlari Assotsiatsiyasi doirasida yaxshilab borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu muassasa ICTP Loyihasi tomonidan ilgari surilgan va O‘zbekiston Hukumati tomonidan maqullangan fikr asosida tashkil etilgan edi.
Hamkorlik
ICTP Loyihasi turli hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy institutlar hamda xususiy kompaniyalar bilan AKT sohasini yana rivojlantirish uchun hamkorlik qiladi. ICTP bu borada yangi takliflarni quvvatlaydi va AKT bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlarni hamkorlikka chorlaydi.
*******************************************
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi avval ham AKT soxasida kator tashabbuslarni qo`llab quvvatlagan edi, va "Raqamli Rivojlanish Tashabbusi"(DDI) Dasturi shular jumlasidandir.
2002 yil oktyabr oyidan 2005 yil may oyiga qadar faoliyat yuritgan "Raqamli Rivojlanish Tashabbusi" (DDI) Dasturi BMT Taraqqiyot Dasturi xamda O`zbekiston Respublikasi Xukumatining ko`shma Dasturi bo`lgan. O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Xukumat tomonidan ijro etuvchi organ etib belgilangan. DDI Dasturining bosh maksadi bu mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) yanada rivojlantirish, uning afzalliklaridan foydalanishni ta'minlashdan iborat bo`lgan. Dastur o`z faoliyati doirasida davlat muassasalari raxbarlarining axborot texnologiyalari bo`yicha bilimini oshirib, respublikaning elektron tayyorgarligini baxolash, xamda xar yili AKT rivojlanishi bo`yicha loyixalarni amaliyotga tatbiq etish bilan shugullangan. Shu bilan birga, Dastur AKT bo`yicha qonunlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va amalga kiritishda mamlakat Xukumatiga yaqindan ko`mak bergan.



